Mamlakatimizda Prezidentimiz
Islom Karimov rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan
e’tibor farzandlarimizning sog‘lom va barkamol
ulg‘ayishiga xizmat qilmoqda. Sport bilan shug‘ullanayotgan bolalar safi kengaygani sari ular o‘rtasida
turli kasalliklarga chalinish holatlari kamayib borayotgani, ayrim xastaliklarga
sport orqali butunlay barham berilayotgani buning yaqqol tasdig‘idir.
Mutaxassislarning
ta’kidlashicha, bolalar o‘rtasida uchrab turadigan shunday xastaliklar borki, ularni
davolash uchun faqat sport bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi. Skolioz — ana shunday
xastaliklardan biri.
Kelgusi yilda «Umid nihollari» sport musobaqalarining respublika bosqichi Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tadi. Bugun Qizilqum vohasi tomon yo‘lingiz tushsa, hududda mazkur bellashuvlarni bayramona tusda, yuqori saviyada o‘tkazish uchun katta hozirliklar ko‘rilayotganining guvohi bo‘lasiz. Viloyat markazi sanalmish Navoiy shahri va barcha tumanlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
— Sport — hayotim mazmuni. Barcha orzularim, maqsadlarim, kelajagimni u bilan bog‘liq tasavvur qilaman, — deydi o‘zbek jang san’ati bo‘yicha 3 karra jahon chempioni Komil Sharipov.
Mamlakatimizda sportga qiziquvchi yoshlarni kashf etish, ularga yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish davlat ahamiyatidagi masalaga aylangan. Respublika miqyosida katta-katta sport majmualari, maxsus maktablar, ular qoshida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Natija esa, kutganimizdan ham ziyoda: bugun jahon sport arenalarida yoshlarimiz tomonidan erishilayotgan g‘alabalar tahsinga sazovor.
Oqqo‘rg‘on qishlog‘i Baxmal tumanining eng bahavo maskanlaridan biri sanalib, qishloqning ko‘rki kishi havasini keltiradi. Qishloq markazida joylashgan 17- umumta’lim maktabi uning jamolini yanada ochib yuborgan. Maktab hovlisiga kirishingiz bilan yam-yashil archalar, ko‘kka bo‘y cho‘zgan teraklar ko‘zingizni yashnatadi. O‘zbekiston Respublikasi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan bunyod etilgan yangi sport zali esa ta’lim maskaniga yanada ko‘rk bag‘ishlamoqda.
Badiiy gimnastika haqida gap ketganda, birinchi navbatda gilam ustida tovusdek raqsga tushib, turli jismoniy mashqlarni amalga oshirayotgan qizlar xayolimizda gavdalanadi. Ular goh to‘p, goh bulava, goh tasma kabi vositalar yordamida yangrayotgan dilbar musiqaga go‘yo jon kiritadi.
Toshkentdagi muhtasham “Universal” sport saroyida o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi musobaqalari va “Happy Caravan” xalqaro turnirida ham tomoshabinlar uch kun mobaynida shunday holatlarning guvohiga aylanishdi. Xalqaro gimnastika federatsiyasi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan raqslar ko‘rigida dunyoning 18 mamlakatidan kelgan 28 nafar iste’dodli sportchi hamda bir qator yosh iqtidor sohibalari ham egallagan mahorat va malakalarini namoyish qildi.
Yurtimiz polvonlar yurti. Kuragi yerga tegmagan, devkelbat polvonlarimiz dovrug‘i yetti iqlimga taralgan. Kurash — xalqimizning eng qadim o‘tmishiga borib taqaluvchi, uning urf-odatlari, qadriyatlari, boringki, turmush tarziga singib ketgan sport turlaridan, desak, xato bo‘lmaydi.
Sportni hayotining mazmuniga aylantirgan iqtidorli erkin kurashchi Dilshod Mansurov nomini bugun ko‘pchilik yaxshi biladi. U 1983 yilning 12 dekabrida Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bolalik chog‘larini yodga olarkan, doimo yuziga tabassum yuguradi.
“Millionlar o‘yini” — futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Meksikada kechayotgan jahon chempionatining nimchorak final uchrashuvida yirik g‘alabaga erishdi! Avstraliyaliklar qariyb bir yil oldin Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatida uchragan mag‘lubiyat uchun revansh olishning uddasidan chiqisholmadi! Aniqrog‘i, bunga Aleksey Yevstafeev shogirdlari yo‘l qo‘yishmadi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XX milliy chempionati Oliy ligasida galdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda yetakchilik qilayotgan klublar: “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Nasaf” ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘quvchilarda sportga havas va qiziqishni uyg‘otish dolzarb vazifa ekanidan kelib chiqqan holda bugungi kunda milliy o‘yinlar, xususan, kurashni yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Mirzacho‘l tumanidagi 17-umumta’lim maktabida tashkillashtirilgan viloyat ochiq birinchiligi ham aynan shu maqsadga qaratildi.