Uz   Ru
Gazetaning on-line shakli
                  
Kuch - bilim va tafakkurda
 
22 Ôåâðàë 2012 23:27
Maqolalar anonsi
  • «KO`NGLI TILAGAN MURODIG`A YETSA KISHI...»
  • MATEMATIKA — AQL GIMNASTIKASI
  • NAFING AGAR XALQQA BESHAK DURUR
  •  
    E'lonlar



    Xalqaro hayot
    TV BOLA ORGANIZMIGA SALBIY TA’SIR KO‘RSATADI

    Ispan va nemis olimlari hamkorlikda izlanish olib borib, televidenie 3—5 yoshdagi bolalarning uyqusi va umumiy sog‘lig‘i holatiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdi. «Neyche» («Nature») jurnalida bu haqda bayon etildi.
    Izlanishga 700 nafarga yaqin bolalar jalb etildi. Ularning 120 nafarida uyqusizlik, bezovta uyqu, behudaga vahimaga tushish, kechasi bir necha marotaba uyg‘onish kabi holatlar kuzatilgandi. Mutaxassislar ularning xatti-harakatlarini ma’lum muddat kuzatgach, barcha ma’lumotlar asosida quyidagi xulosaga kelishgan: yuqoridagilar televizorda berilgan (jumladan, multfilmlardagi) zo‘ravonlik holatlari ta’siri ostida paydo bo‘lgan.


    batafsil...
    MIJOZGA YETKAZILGAN ILK KVANT KOMPYUTER

    Kanadaning «Di-Veyv Sistems» («D-Wave Systems») kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib kvant kompyuteri sotuvini amalga oshirdi. «Teknoloji revyu» («Technology Review») manbasida keltirilishicha, uskuna 10 million dollarga baholangan.


    batafsil...
    G‘AYRIODDIY POYAFZALNING VAZIFASI

    Niderlandiyalik olimlar inson oyoq harakatlarini hattoki uch o‘lchamli tasvirda ham aks ettirib berish imkoniga ega poyafzalni yaratishdi. G‘ayrioddiy oyoq kiyimi yaqin o‘rtada sotuvga chiqarilishi rejalashtirilmoqda, deyiladi «Fizorg» manbasida.


    batafsil...
    ELEKTR DISIKL YARALDI

    Avstraliyalik talabalar o‘ziga xos transport vositasini yaratishdi, deya xabar berdi «Vayred» («Wired») manbasi. Harakat vositasining ikkita katta g‘ildiraklari o‘rtasiga haydovchi o‘rindig‘i joylashtirilgan.


    batafsil...
    GLOBAL ISISHGA QARSHI KURASHISHDA «YORDAMCHI»

    Ulkan muz tog‘lari global isish muammosiga qarshi samarali vosita bo‘lishi mumkin ekan. Monterey ko‘rfazi akvatoriyalari ilmiy tadqiqotchilik instituti olimlari 2007-2009 yillardagi Antarktida muzlarining erishi ko‘rsatkichlarini kuzatgan holda shunday xulosaga kelishdi. Mavzuga bag‘ishlangan maqola «Sayns nyus» («Science News») portalida berildi.  


    batafsil...
    ENG KEKSA MIKROMETEORIT

    Yapon olimlari tomonidan Yer yuzidagi shu paytgacha ma’lum mikrometeoritlar ichida eng yoshi «kattasi» aniqlandi. Mazkur samoviy jismlar hajmi 10 mikrometrdan oshmas ekan. Tadqiqotchilarning yangi topilmasi haqida «Vayred» («Wired») manbasida bayon etilgan. Yaponiya orollaridan birida aniqlangan o‘ziga xos topilmalarning «yoshi» 240 million yilga teng, deya taxmin qilinmoqda. Bundan avvalgi bu kabi topilmalar esa ulardan kamida 50 yil «yoshroq» deya belgilandi.


    batafsil...
    KASALLIKKA QARSHI HIMOYA VOSITASI

    Butundunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, har yili global miqyosda 225 millionga yaqin inson malyariya (bezgak) bilan kasallanib, ulardan taxminan 800 ming nafari hayotdan ko‘z yumadi. Odatda kasallikning oldini olish choralari insonlarga qaratiladi. Lekin ba’zi mutaxassislar kasallikni yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida uning tashuvchisi hisoblangan chivinlarga e’tibor qaratishmoqda. Bu haqda «Sayns» ilmiy jurnalida bayon etilgan.


    batafsil...
    MARS RANGI NEGA QIZIL?

    Mutaxassislar Marsning qizil tusga kirishi sababini sayyorada million yil oldin sodir bo‘lgan port­lash bilan izohlamoqda. Okeanortida tashkil etilgan Planetologiya konferentsiyasida bu haqidagi ilmiy farazlar o‘rtaga tashlandi, deyiladi «Kompyulenta» manbasida.


    batafsil...
    YANGI MIKROZARRA TOPILDI

    Okeanortidagi Tevatron kollayderida fizik olimlar fanga noma’lum zarrani aniqlashdi. «Neyche» («Nature») jurnali bu haqida xabar berdi. Ma’lumki, kollayder tunnelida proton va antiprotonlar to‘qnashuvi natijasida ular yana kichik zarralarga bo‘linadi. Bu boradagi oxirgi tadqiqotlarda olimlar W-bozonlarning hosil bo‘lish jarayonini tadqiq etishgan.


    batafsil...
    Normativ hujjatlar

     
    Ovoz berish
     
    E'lon
    Èíôîðìàöèÿ î ïðàâàõ èñïîëüçîâàíèÿ ìàòåðèàëîâ ãàçåòû òîëüêî ñ ðàçðåøåíèÿ ðåäàêöèè è î ðàñïîëîæåíèè ðåäàêöèè