Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Til — millatning
birligi va borligi ko‘zgusi” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi, Respublika ta’lim markazi hamkorligida 21 fevral — Xalqaro ona tili kuni
munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirda ta’lim fidoyilari, uslubchilar, tilshunos
olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘quvchilar qatnashishdi.
Samarqand
arxitektura va qurilish instituti olimlari tomonidan ishqorli sement kashf qilindi.
Ushbu qurilish mahsuloti hozir foydalanilayotgan sementdan ancha mustahkamligi
bilan ajralib turadi.
Respublika
ta’lim markazi, Multimedia va umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi
bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan turli loyihalar, anjumanlar, seminarlar
o‘quvchilar hamda pedagoglarning kompyuter savodxonligini yanada oshirishda
muhim omil bo‘lmoqda. “Eng yaxshi elektron axborot-ta’lim resurslari — 2012” respublika
ko‘rik-tanlovi ham ayni maqsadlarga xizmat qilmoqda.
multimedia vositalarini joriy qilish orqali yanada takomillashmoqda
Bugun yurtimizda oliy ta’limni takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni o‘quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan to‘liq ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitish shakllarini joriy etish hisobiga oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimizning «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida tizimga multimedia vositalarini joriy qilish va axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan paydo bo‘layotgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida 6000ta zamonaviy o‘quv-metodologik majmualari yaratish vazifalari ham belgilangan.
Kishidagi inson huquq va erkinliklariga hurmat tuyg‘usining shakllanishida bolalikda olingan bilimlarning ahamiyati katta. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasasi, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida berilayotgan Konstitutsiya saboqlari, umuman, huquqiy bilimlarning yosh avlod kamolidagi o‘rni beqiyos.
Xalq ta’limi tizimida 2001 yildan buyon “Konstitutsiyamiz — baxtimiz poydevori”, “Prezident asarlarini o‘rganamiz” respublika ko‘rik-tanlovlarining o‘tkazilib kelinayotgani ana shu ezgu maqsad yo‘lidagi amaliy ishlardan biri bo‘lmoqda. Kuni kecha Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama teatrida ushbu tanlov yakuniy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etilgan «Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!» shiori ostidagi festival Namangan viloyatida ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirlarda 20 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etdi. 10ta yirik loyihani o‘z ichiga olgan festivalda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, taniqli olimlar, shoir va yozuvchilar, estradamiz yulduzlari, teatr va kino aktyorlari, mashhur sportchilar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, «Nihol» mukofoti, Prezident stipendiyasi sohiblari qatnashdi.
Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Qashqadaryo viloyat bo‘limi tomonidan «Ma’naviyat» nashriyotida Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlab shop etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Viloyat jamoatshiligi vakillari, ziyolilar va yoshlar ishtirokida o‘tgan mazkur tadbirda taniqli faylasuf olim A.Erkaevning «O‘zbekiston yo‘li», marhum adabiyotshunos B.Qosimovning «Uyg‘ongan millat ma’rifati», iste’dodli shoir Muhammad Rahmonning «Abadiy nido», keksa jurnalist Y.Muqimovning «Otalar so‘zi», yozuvshi Yo.Xo‘jamberdievning «Oyning yorug‘ kunlari», shuningdek, M.Mirzoning «Saodatga eltuvshi qudratli kush» hamda M.Munavvarovaning «Milliy g‘oyaning ma’naviy ildizlari» kitoblari haqida fikr yuritildi.
«Adolat» SDP Toshkent shahar kengashi, «Shine-art» badiiy uyushmasi va Toshkent viloyati «Barkamol avlod» markazi hamkorlikda «O‘zbekiston xalqining tarixiy liboslari» mavzusida qo‘g‘irchoqlar ko‘rgazmasini tashkil etdi.
Davlatimiz rahbarining 2008 yil 8 iyulda qabul qilingan “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Qashqadaryo viloyatida iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.