Uz   Ru
Gazetaning on-line shakli
                  
Kuch - bilim va tafakkurda
 
20 Ìàé 2013 10:35
Maqolalar anonsi
  • MAGISTRATURA: YANGICHA TALABLAR, TAKOMILLASHGAN JARAYON VA KATTA MAS’ULIYAT
  • TALABALAR SARALASH BAHSLARIDA TOBLANMOQDA
  • KASBIMDAN E’ZOZ TOPDIM
  • MAKTAB OSTONASIDA
  • BILIMLAR BELLASHUVIDAGI MUVAFFAQIYAT
  • SKOLIOZNING DAVOSI SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHDIR
  • KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI:
  •  
    E'lonlar



    Yangiliklar
    04-05-2013 16:30
    “BUXORO” — MUSOBAQALARGA SHAY
    Joriy yili Buxoroda o‘tkaziladigan navbatdagi Universiada sport musobaqalariga tayyorgarlik ishlari nihoyalanish arafasida turibdi. Nufuzli sport bayramining tantanali ochilish va yopilish marosimlari, shuningdek, Universiada dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha qator bellashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Buxoro” sport majmuasining kapital rekonstruktsiya ishlari yakunlandi.
    04-05-2013 16:17
    YANGILIK QANOT YOZMOQDA
    Chortoq tumandagi umumta’lim maktablarida yakka tartibda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilar orasidan iqtidorli o‘g‘il-qizlarni aniqlash, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bilimlar bellashuvi tashkil etildi. 
    04-05-2013 16:14
    “ENG FAOL O‘QUVCHI” va “ENG FAOL SINF”
    Ta’lim samaradorligini oshirishda tanlov hamda tadbirlarning alohida o‘rni bor. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarida “Eng faol o‘quvchi” va “Eng faol sinf” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov tashkil etilishida ham ayni shu maqsad ko‘zlangan.
    04-05-2013 15:57
    MARRANI BALAND OLAYOTGAN O‘ZBEKISTON YOSHLARINING KATTA YUTUG‘I
    Poytaxtimizda yakunlangan kimyo fani bo‘yicha 47-xalqaro Mendeleev olimpiadasida O‘zbekiston vakillari 2 oltin, 5 kumush va 8 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. 
    04-05-2013 15:50
    BITIRUVCHILAR BANDLIGI TO‘LA TA’MINLANADI
    Samarqand shahridagi tibbiyot kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvda ana shunday qarorga kelindi. Shahar hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, shahardagi tibbiyot kollejlari bitiruvchilari va ularning ota-onalari bilan o‘tkazilgan tadbirda yoshlarni ish bilan ta’minlash va uch tomonlama shartnoma tuzish masalalari muhokama etildi.
    04-05-2013 15:46
    ORASTA QIZLAR MUSOBAQASI
    O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan 2011-yili ta’lim muassasalari qoshida «Orasta qizlar» to‘garaklarini tashkil qilish tavsiya etilib, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari ushbu taklifni qo‘llab-quvvatladi. Hozir har bir o‘quv muassasasida bunday to‘garaklar ish olib bormoqda. 
    13-04-2013 15:38
    SO‘NGGI SARALASH BAHSLARI YAKUNLANDI
    Universiada o‘yinlarining eng so‘nggi saralash bosqichi ham ortda qoldi. Endi viloyat terma jamoalari bor e’tiborini Buxoro shahrida kechadigan final uchrashuvlariga qaratishi shubhasiz. Mazkur musobaqa barcha viloyatlar terma jamoalari uchun o‘ziga xos sarhisob vazifasini ham bajaradi. Bunga yaqinda Universiada sport o‘yinlari das­turiga kiritilgan 4 sport turi (futbol, basketbol, voleybol va qo‘l to‘pi) bo‘yicha kechgan hududiy saralash bosqichi bahslarida ham shohid bo‘ldik.   
    13-04-2013 15:29
    MASHHURBEKNING UCH MEDALI
     yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan IV jahon chempionatining ilk kunida qo‘lga kiritildi Yurtimizda yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular o‘zlari yoqtirgan soha bo‘yicha o‘qish va izlanish bilan birga, salomatligini mustahkamlash uchun sport bilan ham muntazam ravishda shug‘ullanishmoqda. Eng muhimi, buning uchun joylarda barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Bolalar sportini jadallik bilan rivojlantirish, yaqin kelajakda tom ma’nodagi chempionlar avlodini tar­biyalash borasida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar hatto jahon hamjamiya­tining ham e’tiborida. Buni so‘nggi yillarda yurtimiz ko‘plab nufuzli xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilayotganidan ham ilg‘ash mumkin, albatta
    13-04-2013 15:01
    SO‘NGGI BOSQICHGA HOZIRLIK KO‘RILMOQDA
    2010-2011 o‘quv yilidan e’tiboran umumta’lim maktablarining V–VIII sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan bilimlar bellashuvining joriy yilgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi nihoyasiga yetib, hududlar miqyosida maktab hamda tumanlarning dastlabki reytingi aniqlandi. Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan brifingda dastlabki bosqichlar natijalari va so‘nggi (respublika) bosqichiga tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
    13-04-2013 14:53
    SINOV PALLASI YAQIN
    Joriy yilning 24—30 aprel kunlari Toshkentda o‘quvchilarning kimyo fanidan 47-xalqaro Mendeleev olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlash joizki, ayni kunda 47-xalqaro Mendeleev olimpiadasini yuksak saviyada tashkil etish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayapti. Eng muhimi, mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan o‘quvchilardan iborat terma jamoani shakllantirish ishlari poyoniga yetkazildi. Tanlovning birinchi bosqichida hududlardagi ta’lim muassasalarida 548 nafar o‘quvchining kimyo fani bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Ikkinchi bosqichda hududlarda o‘tkazilgan bahslarda yetarli ball to‘plagan 38 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.  Masalalar xuddi birinchi bosqichdagi kabi ko‘p variantlilik asosida tanlandi. Natijalarga ko‘ra 20 nafar eng yuqori ball to‘plagan iqtidorli o‘quvchi tanlab olindi.
    Normativ hujjatlar

     
    Ovoz berish
     
    E'lon
    Èíôîðìàöèÿ î ïðàâàõ èñïîëüçîâàíèÿ ìàòåðèàëîâ ãàçåòû òîëüêî ñ ðàçðåøåíèÿ ðåäàêöèè è î ðàñïîëîæåíèè ðåäàêöèè